팝업레이어 알림

팝업레이어 알림이 없습니다.

Lohas Advokaturasi sizning ishonchli hamkoringiz bo‘lib

Koreyada xavfsiz va barqaror joylashishingizga yordam beradi.

Onlayn murojaat

Yordamga muhtojmisiz?
Tez va oson
Yordam so‘rab murojaat qiling.

* Konsultatsiya ish kuni kechqurun/dam olish kunlarida ham mavjud

01So'rov tafsilotlari

Qanday masalada yordam kerak?

02Viza turingiz

Hozirgi viza turingiz

03Jinoyat tarixi

Jinoyat tarixi

Ism va telefon ma’lumotingizni qoldirsangiz,
tasdiqlangandan so’ng 5 daqiqa ishida siz bilan bog’lanamiz.

※ Koreya raqamingiz yo’q bo’lsa electron pochta manzilizni qoldiring.
If you don't have Korea number available,
please leave your E-MAIL address.

Koreyada yashash davomida
nohaqlikka duch keldingizmi?
Chet ellik bo'lganingiz sababli adolatsiz munosabatga
uchrayotganday his qilyabsizmi?
Yordam so‘raydigan tanishingiz yo‘qligi sababli
yanada qiyin ahvolda qoldingizmi?

LOHAS Advokaturasi sizning
ishonchli do’stingiz bo’lishga tayyor.

Lohasning advokatlar jamoasi
Chet elliklarning inson huquqlari va mulkini himoya qilishni asosiy maqsad sifatida belgilaydi.

LOHAS Advokaturasi sizning ishonchli hamkoringiz bo'ladi.

VIEW ALL

LOHAS Chet Elliklar Markazining Faoliyat Sohalari

  • Immigatsiya‧Elchixona xizmatlari

    • Viza olish‧uzaytirish‧o’zgartirish va Viza bilan bog’liq barcha xizmatlar
    • Viza muddatini uzaytirish‧o’zgartirishda bekor qilinganligiga qarshi sud ishlari (Ma’muriy sud ishi)
    • Yarim kunlik ish(Part time) ishlari uchun ruxsatnoma
    • Adliya vazirligi ’Immigratsiya va davlat xizmatlari agentligi’ga ro’yxatga olish xizmatlari
    • Oila/Tadbirkorlarni taklif qilish uchun vizaga ariza
    • Mamlakatdan chiqib ketgandan so’ng qayta kirish
  • Immigaratsiya bo’yicha huquqiy yordam (Immigratsiya qonuni buzilishi, jinoiy ishlar bo’yicha yordam)

    • Umumiy‧Maxsus himoyani vaqtincha bekor qilish(Hibsxonadan vaqtinchalik ozod qilish)
    • Mamlakatdan chiqib ketish to'g'risidagi buyruq‧Majburiy deportatsiyaga e'tiroz bildirish va Ma’muriy sud
    • Noqonuniy(nelegal) shaxs o’z ixtiyori bilan chiqib ketgandan so’ng qayta kirish
    • Jinoiy huqubuzarlik(Jinoiy ish sudining yakuniy hukmi chiqarilgandan so’ng), Immigratsiya qonunini buzgan shaxslarning ishlarini ko‘rib chiqish
    • Mamlakatga kirish cheklovlarini maxsus bekor qilish
  • Qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash

    • Qochqinlikka ariza topshirish va qayta ariza topshirish
    • Qochqinlik maqomini tan olinmaganligiga qarshi sud ishi
    • Aeroportda qochqinlikka ariza topshirishda yordam
  • Xorijiy investitsiyalar (To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar) va ro'yxatga olish

    • Korporatsiyani tashkil etish/o'zgartirishni ro'yxatdan o'tkazish
    • Investitsiya vizasi(D-8), Investitsiyalarni ro’yxatdan o’tkazish
    • Savdo vizasi(D-9), Biznes konsalting
    • Doimiy yashash vizasi (F-5), Ko'chmas mulkni ro'yxatga olish
    • Yashash vizasi (F-2)
  • Ishchilarning huquqlari va mehnat jarayonidagi baxtsiz hodisalar

    • Ishdan bo'shatish nafaqasi, to'lanmagan ish haqi
    • Ish joyidagi jinsiy zo‘ravonlik va tazyiq
    • 부당해고
  • Jinoiy ishlar

    • Firibgarlik
    • Mast holatda transport boshqarish‧Avtohalokat joyidan qochish
    • Zo‘ravonlik va jinsiy jinoyatlar
    • Jabrlanuvchilar nomidan da’vo ochish bo‘yicha vakillik
  • Fuqarolik ishlar

    • Zararni qoplash da’vosi
    • Qarz mablag‘larini qaytarish
    • Nohaq olingan mablag‘larni qaytarish da’vosi
  • Oilaviy nizolar

    • Kelishuv va Sud orqali ajrashish
    • Bolani tarbiyalash huquqi va aliment
    • Mulkni bo’lish, Kompensatsiya olish
    • Ajrimdan so’ng F-6(oila viza) bilan yashash huquqini saqlab qolish

Ish namunalari

LOHAS Advokaturasi chet elliklarning huquqlarini himoya qilish uchun turli sohalarda faoliyat

Mualliflik huquqi mazmuni

Tegu viloyat sudi

QAROR

ish: 2024 (yashirilgan)masala: viza (yashash muddati) uzaytirilmasligi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish

da’vogar: [ilovada ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq]da’vogar vakili: “Lohas” yuridik firmasi, mas’ul advokat Pak Mugung

javobgar: Tegu (yashirilgan)sud jarayonini olib boruvchi: (yashirilgan)

og‘zaki sud yakuni: 2025.09.24hukm e’lon qilingan sana: 2025.11.12

asosiy qaror (hukm)

1.   javobgar tomonidan 2024.01.11 sanada da’vogarlarga nisbatan chiqarilgan viza muddatini uzaytirishni rad etish haqidagi barcha qarorlar bekor qilinadi. 

2.   sud xarajatlari javobgar zimmasiga yuklatiladi. 

da’vo mazmuni

yuqoridagi hukm bilan bir xil.

asoslar

qarorning mazmuni(mazmuni davom etadi…)

3.   ma’muriy ish – yashash muddatini uzaytirishni rad etish qarorini bekor qilish va boshqalar (Daegu Hanye universiteti)

Mijozlar xorijlik talabalar bo‘lib, broker orqali qisqa muddat ichida bank o‘tkazmasi yo‘li bilan vaqtincha yashash xarajatlari uchun pul kiritilgan va keyin bu mablag‘ to‘liq yechib olingan. Shunga qaramay, hisobda pul bor degan ko‘rinishda soxta bank qoldiq ma’lumotnomasi topshirilgan degan sabab bilan ularga viza (yashash maqomi)ni uzaytirish rad etilgan.

Bu kabi holatlarda, ya’ni brokerga ma’lum miqdorda pul to‘lab, bank qoldiq ma’lumotnomasini sun’iy ravishda tayyorlash usuli qo‘llanilganda, odatda immigratsiya xizmati yashash maqomini uzaytirishni rad etadi.

Biroq “Lohas” yuridik firmasi tomonidan olib borilgan himoya strategiyasi orqali quyidagi holatlar isbotlab berildi:— universitet brokerga xorijlik talabalarni jalb qilish vakolatini bergani,— mijozlar broker bilan til biriktirib immigratsiya organlarini ataylab aldamaganligi.

Natijada sud immigratsiya organining rad etish qarorini o‘z vakolatidan noto‘g‘ri foydalanish (vakolatni suiiste’mol qilish) deb topib, yashash muddatini uzaytirishni rad etish qarori noqonuniy ekanligi haqida hukm chiqardi.

Batafsil ko‘rish
Mualliflik huquqi mazmuni

Suvon viloyat sudi, Ansan bo‘limi2-jinoyat ishlari bo‘limi

QAROR

nusxasi to‘g‘risana: 2025.11.27sud kotibi: Kim Yong-jin

Ish turi: 

a. maxsus talonchilik (og‘irlashtirilgan)b. maxsus jinoyatlarni jazolash to‘g‘risidagi qonunni buzish (guruh bo‘lib talonchilik va boshqalar)

Ayblanuvchilar:

1.   (yashirilgan), talabayashash manzili: (yashirilgan)fuqaroligi: O‘zbekiston 

2.   (yashirilgan), talabayashash manzili: (yashirilgan)fuqaroligi: Qozog‘iston 

3.   (yashirilgan), talabayashash manzili: (yashirilgan)fuqaroligi: O‘zbekiston 

 

“Lohas” yuridik firmasiMas’ul advokat: Pak Mu-gung (ayblanuvchi Ibrohim …)

Hukm e’lon qilingan sana: 2025.11.27

Asosiy qaror (hukm)

[ayblanuvchi (yashirilgan)]

Ayblanuvchi 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Biroq, ushbu hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 2 yil davomida jazoning ijrosi kechiktiriladi (ya’ni shartli hukm).

[ayblanuvchi Ib…, boshqa ayblanuvchi]

Ayblanuvchilar aybsiz deb topildi.

 

2.Jinoyat ishi – maxsus tahdid, maxsus jinoyatlarni og‘irlashtirib jazolash to‘g‘risidagi qonunni buzish (qasos maqsadidagi tahdid va boshqalar) bo‘yicha aybsiz deb topilgan holat

Bu xorijlik shaxsga nisbatan qasos maqsadida tahdid qilishni birgalikda rejalashtirish aybi bo‘yicha aybsiz deb topilgan holatdir. Mijoz do‘sti giyohvandlik aybi bilan ularni politsiyaga xabar qilgan yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimini topib, unga tahdid qilish jarayonida birga bo‘lgan. Shu sababli u ko‘pchilik bo‘lib bosim o‘tkazish va qasos olish maqsadida tahdidni oldindan kelishib qilgan degan ayb bilan sudga tortilgan. Xorijlik maqomida bunday qasos jinoyati isbotlansa, nafaqat og‘ir jazo, balki majburiy deportatsiya xavfi ham juda yuqori edi. Biroq “Lohas” yuridik firmasi tomonidan olib borilgan himoya strategiyasi natijasida sud quyidagicha xulosaga keldi: mijozning asosiy aybdor bo‘lgan do‘sti bilan oldindan til biriktirib tahdid qilgani yoki jinoyatda ishtirok etganini tasdiqlovchi yetarli dalillar mavjud emas. Faqatgina voqea joyida birga bo‘lganlikning o‘zi jinoyatni birgalikda amalga oshirish niyati bor edi deb hisoblash uchun yetarli emas. Shuningdek, mijoz jabrlanuvchini qo‘rqitgan yoki tahdid qilishga qo‘shilganini ko‘rsatadigan aniq va obyektiv dalillar yo‘qligi alohida ta’kidlandi. Natijada sud prokuror tomonidan taqdim etilgan dalillar aybni to‘liq isbotlash uchun yetarli emas degan xulosaga kelib, mijozni aybsiz deb topdi. Shu orqali mijoz nohaq jazodan va mamlakatdan chiqarib yuborilish xavfidan qutulib qoldi.

Batafsil ko‘rish
Mualliflik huquqi mazmuni

Daejeon viloyat sudi, Cheonan bo‘limi

QARORSana: 2025.09.23 (asl nusxaga mos)

Ish turi:  Yo‘l-transport hodisasi sodir etgandan keyin choralar ko‘rmaslik (jarohat yetkazish),yo‘l harakati qoidalarini buzish (ehtiyotsiz haydash)

Ayblanuvchi: talabaManzil: Ulsan shahri, Dong-guFuqaroligi: O‘zbekistonAdvokat: “Lohas” yuridik firmasiMas’ul advokat: Bak Mu-gung

Hukm e’lon qilingan sana: 2025.09.19

Asosiy hukm :

Ayblanuvchi 2,500,000 von miqdorida jarimaga tortiladi.

Agar ayblanuvchi ushbu jarimani to‘lamasa,har 100,000 von 1 kun hisoblanib, shu muddat davomida qamoqda saqlanadi.

Shuningdek, yuqoridagi jarima miqdoriga teng qo‘shimcha to‘lov (majburiy undirish) tayinlanadi.

1.Jinoyat ishi yo‘l transport hodisasini ko‘rib chiqish maxsus qonunini buzish (jarohat yetkazish), yo‘l harakati qonunini buzish (guvohnomasiz haydash) 

Bu 12 ta og‘ir qoidabuzarlikdan biri bo‘lishiga qaramay, 2,5 million von jarima tayinlangan holat hisoblanadi.

Mijoz xorijlik talaba bo‘lib, u haydovchilik guvohnomasisiz taxminan 250 km masofani bosib o‘tib, avtomagistralda oldidagi mashinaga urilib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Shu sababli unga yo‘l-transport hodisasiga oid maxsus qonunni buzish (jarohat yetkazish) va yo‘l harakati qonunini buzish (guvohnomasiz haydash) ayblovlari bilan soddalashtirilgan sud qarori chiqarilgan.

So‘nggi paytlarda bunday yo‘l-transport jinoyatlarida hatto jarima bilan yakunlansa ham, jarima miqdori yuqori belgilanayotgan holatlar ko‘paygan. Bundan tashqari, Adliya vazirligi immigratsiya boshqarmasi ichki qoidalariga ko‘ra, agar jarima 3 million vondan oshsa, deportatsiya (mamlakatdan chiqarish) chorasi qo‘llanishi mumkin.

Shu sababli mijoz dastlab maslahatga kelganida unga 5 million von jarima haqida soddalashtirilgan qaror chiqarilgan va u deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan xavfli holatda edi.

Biroq “Lohas” yuridik firmasi tomonidan ishlab chiqilgan himoya strategiyasi natijasida sud holatni inobatga olib, yakunda 2,5 million von jarima tayinladi.

Hozirgi kunda hatto mast holda haydash kabi holatlarda ham jarimalar oshib borayotgan bir paytda, bu ishda dastlab 5 million vonlik qaror bo‘lishiga qaramay yakunda 2,5 million vonga tushirilgani va natijada deportatsiyadan qochib qolingani muhim natija hisoblanadi.

Batafsil ko‘rish

Maslahat olish

Onlayn maslahat uchun murojaat qoldirsangiz, mutaxassis siz bilan bog‘lanadi.

Manzil / Konsultatsiya uchun kelish

경북 구미시 인동가산로 14, 4층(진평동, 시네마월드)

  • Telefon054-475-0093
  • Fax054-475-0094
  • E-mailjuolaw@naver.com
  • Ish vaqti09:00~18:00 Dushanbadan Jumagacha
    Dam olish kunlari va davlat bayramlarida oldindan bron asosida xizmat ko‘rsatiladi.